Endi dunyoning ko‘plab aeroportlarida bo‘lgani kabi Toshkent xalqaro aeroportining uchish zalida ham royal mavjud. Jonli musiqa tinglovchilar uchun ham, ijrochilar uchun ham parvoz oldidan o‘yin-kulgi va stressdan xalos bo‘lish usuli bo‘ladi, deb hisoblaydi Uzbekistan Airports.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida terminalni kengaytirish ishlari sabab kuzatuvchilarning jo‘nab ketish zaliga kirishi cheklandi. Yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun terminal oldida estakada o‘rnini bosuvchi alohida yo‘lak ajratildi. Estakada esa binoning bir qismiga aylanadi.
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida mehmonxona ochildi, bu O‘zbekiston uchun birinchisi hisoblanadi. Xonalar narxi 30 dollardan 150 dollargacha bo‘lib, kelgusida yana 4 ta viloyat aeroportlarida shunday mehmonxonalar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Qurilish 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi. Uzbekistan Airports amalga oshiriladigan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida “keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani” sababli yo‘l o‘tkazgich (estakada)ga chiqish 8-dekabrdan cheklanib, alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi. Shuningdek, uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent xalqaro aeroportiga Jasur Po‘latov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchayotgan va mast holda samolyot yo‘lovchilariga xalal berib, ulardan birini haqorat qilgan shaxs Toshkent aeroportida qo‘lga olindi. U jarimaga tortildi.
“Milliy elektr tarmoqlari” Toshkent xalqaro aeroporti tunda elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etib, 4 ta tarmoqdan faqat 3 tasida uzilish kuzatilganini ma’lum qildi. “MET” Uzbekistan Airports`ga 35 kVlik hamda zaxira tarmoqning ishchi holatini saqlash maqsadga muvofiqligini ham tushuntirdi.
Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida elektron chegara nazorati tizimi va qo‘l yuklarini tekshirish uchun yangi rentgen uskunalarini namoyish etdi. Endilikda yo‘lovchilar poyabzalini yechmasdan va suyuqlik idishlarini ochmasdan tekshiruvdan o‘tadi. Hududda yana bir Duty Free do‘koni, kafe va dorixona ham ochildi.
Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting